Yevropa Gʻazodagi voqealarni toʻxtata olmaydi, chunki AQSH Isroilni qatʼiy qoʻllab-quvvatlaydi — Kaya Kallas

Foto: AP
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Kaya Kallasning rahbarligidagi Yevropa Komissiyasi Gʻazodagi urushni tugatish uchun oʻzidan oldingi rahbar Xosep Borrel davridagidan koʻra “koʻproq” ish qilganini aytdi. Ammo Yevropa Ittifoqining saʼy-harakatlari buning uchun yetarli emasligini qoʻshimcha qildi.
“Men bu masalada avvalgilariga qaraganda koʻproq yutuqlarga erishdim... Borrel vitse-prezident boʻlganida komissiya tomonidan hech qanday tashabbus boʻlmagan”, — dedi Kallas jurnalistlarga.
Taʼkidlashicha, uning mandati doirasida Yevropa Ittifoqining Isroil bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvi qayta koʻrib chiqilgan, xalqaro nohukumat tashkilotlari uchun cheklovlar joriy qilingan va blokadadan soʻng Gʻazoga gumanitar yordam yetkazib berish qisman tiklangan.
Kallasning aytishicha, asosiy muammo Yevropa Ittifoqi mamlakatlari oʻrtasida yakdillik yoʻqligida. Chunki barcha tashqi siyosat qarorlari konsensus asosida qabul qilinishi kerak. Shu oʻrinda u koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qilish zarurligini taʼkidladi.
Oliy vakilning soʻzlariga koʻra, Yevropa Ittifoqi falastinliklar huquqlarini himoya qilish boʻyicha eng faol xalqaro oʻyinchi hisoblanadi, ammo bu hali ham yetarli emas. Uning qoʻshimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqi Gʻazoda sodir boʻlayotgan voqealarni toʻxtata olmaydi, chunki Amerika Qoʻshma Shtatlari Isroil rasmiylarining harakatlarini qatʼiy qoʻllab-quvvatlaydi.
Chorshanba kuni ertalab Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Isroilning bir qator vazirlari va koʻchmanchilariga qarshi sanksiyalar joriy etishni, shuningdek, Gʻazo sektoridagi vaziyat tufayli Isroil bilan hamkorlik shartnomasini qisman toʻxtatib qoʻyishni taklif qilishini aytdi.
Seshanba kuni Isroil mudofaa kuchlari “Olovli choʻqqi” operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi va Falastinning HAMAS harakatining yuqori martabali amaldorlariga zarba berdi. Natijada Isroil kuchlari Qatar poytaxti Doha shahrida bir nechta portlashlar yuz berdi.
“Israel Hayom” gazetasining taʼkidlashicha, Isroil rasmiylari Qatar poytaxtidagi HAMAS yetakchilariga zarba berishdan oldin AQSH va Qatarni ogohlantirgan.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi Isroil HAMAS yetakchilarini yoʻq qilish operatsiyasini mustaqil ravishda rejalashtirgani va amalga oshirgani hamda buning uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olganini bildirdi.
Shu bilan birga, AQSH prezidenti Donald Tramp Isroilning Qatarga bergan zarbalaridan keyin Netanyahu bilan gaplashdi va hujumlarni “baxtsiz hodisa” deb atadi.
2023-yilning 7-oktyabrda Isroil Gʻazo sektoridan misli koʻrilmagan raketa hujumiga uchradi. Shundan soʻng HAMAS jangarilari chegara hududlariga kirib, harbiylar va tinch aholiga qarata oʻt ochgan va 200 dan ortiq odamni garovga olgan. Rasmiylarga koʻra, Isroil tomonida 1200 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari “Temir qilichlar” operatsiyasini boshlab, tinch aholi manzillariga zarba berishni oʻz ichiga olgan va Gʻazo sektori toʻliq blokadaga olinganini eʼlon qildi. Suv, elektr energiyasi, yoqilgʻi, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berish toʻxtatildi.
Gʻazo maʼmuriyati maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 7-oktyabridan buyon Isroil hujumlari oqibatida qurbon boʻlganlar soni 64 mingdan oshdi, ularning aksariyati tinch aholi vakillaridir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring