Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalining barcha ishtirokchilari aniqlandi
Foto: Reuters
Futbol boʻyicha Yevropa klublari oʻrtasidagi Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi yakunlandi va chorak finalning barcha ishtirokchilar nomi maʼlum boʻldi.
Shu tariqa yarim finalga chiqish uchun “Real Madrid”, “Barselona”, “Atletiko Madrid” (Ispaniya), “Manchester Siti”, “Arsenal” (Angliya), “Bavariya”, “Borussiya Dortmund” (Germaniya) va PSJ (Fransiya) klublari bahs olib boradigan boʻldi. .
Eʼtiborlisi, ushbu bosqichga Italiyaning biror jamoasi yoʻl ola bilmadi. 1/8 finalgacha yetib kelgan “Inter” “Atletiko Madrid”, “Latsio” esa “Bavariya” toʻsigʻidan oʻta olmadi.
Chorak final juftliklari va yarim final oʻyinlariga qurʼa tashlash marosimi 15-mart kuni Shveysariyaning Nyon shahrida boʻlib oʻtadi.
Chorak finalning dastlabki oʻyinlari 9 va 10-aprel kunlari, javob oʻyinlari 16 va 17-aprel kunlari oʻtkaziladi. Yarim final bahslari 30-aprel va 1-may va 7 va 8-may kunlari boʻlib oʻtadi.
2024-yilgi Chempionlar ligasi finali 1-iyun kuni Londondagi “Uembli” stadionida boʻlib oʻtadi. Ushbu turnirning amaldagi chempioni “Manchester Siti” hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring