Eʼtibor va eʼtirof yangi marralarga ilhomlantirmoqda
Yakuniga yetayotgan 2024-yil faoliyatimdagi eng omadli, yutuqlarga boy va esda qolarli yil boʻldi. Koʻp yillardan buyon hunarmandchilik bilan shugʻullanib kelayotgan boʻlsam-da, bu yil tadbirkor sifatida eʼtiborga tushdim. Yangi-yangi muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritdim.
Asli vodiylik hunarmandlar oilasida tugʻilganman. Shahrisabzlik xuddi shunday oilaga kelin boʻlib tushdim. 2021-yilda turmush oʻrtogʻim Nodir Mannonov bilan birgalikda “Shahrisabz hunarmandlar klasteri“ MCHJga asos soldik. Bugungi kunda korxonamizda hunarmandchilikning olti yoʻnalishiga oid 50 turdan ziyod buyumlar ishlab chiqarayapmiz. Ipak gilam, aʼlo baxmal, iroqi kashtalar toʻqish, zargarlik buyumlari yasash, milliy liboslar tikishni keng yoʻlga qoʻyganmiz. Shu yildan qoʻl mehnati yordamida atlas va adras ishlab chiqarishni ham boshladik. 50 dona toʻquv uskunasi oʻrnatganmiz. Shahrisabzlik yoshlarni, xotin-qizlarni hunarmandchilikka oʻrgatishda ham faollik koʻrsatib kelyapmiz.
Joriy yilda sohada amalga oshirayotgan ozgina ishlarim hukumatimiz tomonidan eʼtirof etilib, mustaqilligimizning 33-yilligi arafasida Prezidentimizning farmoni bilan “Faol tadbirkor“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlandim. Bu menga yanada ishonch, kuch va shijoat bagʻishladi.
Yaqinda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida oʻtkazilgan “Nafosat – 2024” koʻrik-tanlovining respublika bosqichida ishtirok etib, gʻolib boʻldim.
Kelayotgan 2025-yilda ham rejalarim ulkan. Hukumatimiz tomonidan biz hunarmandlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan foydalanib, faoliyatimni yanada rivojlantirish, kuchim, imkonim boricha yurtimiz ravnaqi yoʻlida mehnat qilaman.
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy muborakbod etaman. Yurtimizdagi tinchlik va xotirjamlikka hech qachon koʻz tegmasin.
Mahliyo MANNONOVA,
“Shahrisabz hunarmandlar klasteri“ MCHJ rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring