Ertaga “Qorasuv-Boʻka-Bekobod” avtomobil yoʻli yopiladi
Toshkent viloyati Nurafshon shahrida olib borilayotgan keng koʻlamli obodonlashtirish va qayta qurish ishlari munosabati bilan ayrim avtomobil yoʻllarida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatilmoqda.

Bu haqda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB axborot xizmati maʼlum qilmoqda. Xabarda qayd etilishicha, Nurafshon shahar hokimining tegishli farmoyishiga asosan ertaga – 23-aprel kuni 4R-20 – “Qorasuv-Boʻka-Bekobod” avtomobil yoʻlining 0-2 kilometrlari oraligʻida transport vositalari harakati toʻliq toʻxtatiladi.
Viloyat IIBB YHXB shu munosabat bilan yoʻl harakati ishtirokchilaridan ushbu holatni inobatga olgan holda harakatlanishi hamda yoʻl harakati qoidalari talablariga amal qilishini soʻraydi.
Eslatib oʻtamiz, 4R-20 yoʻli viloyatning Bekobod shahri, Bekobod, Boʻka, Oqqoʻrgʻon tumanlari poytaxtimiz bilan bogʻlovchi asosiy yoʻl hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring