Ertaga Dehli shahrida Oʻzbekiston — Hindiston Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 15-davrasi boʻlib oʻtadi

10:54 10 May 2022 Siyosat
983 0

Ertaga, 2022-yil 11-may Dehli shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 15-davrasi boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov rahbarlik qiladi.

Tadbir kun tartibidan Oʻzbekiston — Hindiston doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishga oid dolzarb masalalar oʻrin olgan.

Oliy darajada avval erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, savdo, sanoat kooperatsiyasi, “yashil” taraqqiyot, innovatsion va raqamli texnologiyalar, transport-logistika, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Hududlararo oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Maslahatlashuvlar davomida xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?