Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlash tartibi belgilandi

18:49 02 Sentyabr 2025 Hujjatlar
250 0

Hukumatning 28-avgustdagi 547-son qarori bilan “Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni roʻyxatga olish va muhrlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. Reglamentga koʻra, ushbu davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali koʻrsatiladi.

Suv hisoblash vositalari bilan jihozlanmagan yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi.

Yerosti suv olish inshootlaridan olinayotgan suv hisobini yuritish uchun faqat Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan turlardagi suv hisoblash vositalarining oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Suv hisoblash vositalari nasosli quduqlarda suv chiqishini boshqarish qurilmasidan oldin, favvorali quduqlar va buloqlarda boshqarish qurilmasidan keyin oʻrnatilishi lozim. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun BHMning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

Hududiy gidrogeologiya stansiyalari va tuman (shahar) soliq inspeksiyalari soʻrovnoma yuborilgach, 10 kun muddatda yerosti suv olish inshootlarida oʻrnatilgan suv hisoblash vositalarini roʻyxatga oladi va muhrlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер