Erondagi namoyishchilar orasida “Mossad” agenti hibsga olindi
Videodan kadr
Eron xavfsizlik kuchlari poytaxt Tehrondagi tartibsizliklar chogʻida namoyishchilar orasida faoliyat olib borgan “Mossad”ga aloqador shaxsni qoʻlga oldi. Bu haqda Eron davlat telekanali “Press TV” xabar berdi.
Politsiya maʼlumotiga koʻra, mazkur shaxs soʻnggi kunlarda tartibsizliklarni boshqargan guruhlar bilan yashirin aloqada boʻlib, vositachi sifatida harakat qilgan.
Politsiya dushanba kuni eʼlon qilgan videolarda ismi oshkor etilmagan shaxsning ayrim iqrorlari keltirilgan boʻlib, u “Mossad” bilan bogʻliq tuzilmalar tomonidan qanday qilib jalb etilgani, tayyorgarlikdan oʻtkazilgani va aloqa oʻrnatilganini tushuntirib bergan.
Uning soʻzlariga koʻra, Germaniyada joylashgan tashkilot orqali ijtimoiy tarmoqlar vositasida ishga yollangan. Instagram va Telegram kabi platformalarda faolligi va “layk”lari asosida shaxslar tanlab olingan, ularga berilgan topshiriqlarni bajarishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishi aytilgan.
Hibsga olingan shaxsga qanday uskunalar xarid qilish va nimalarni tayyorlash kerakligi boʻyicha koʻrsatmalar berilgan. U bozorlarga borib, shiorlar aytish, videolar olish va tayyor materiallarni kuratorlarga yuborishga topshiriq olganini bildirgan. Keyinchalik esa uning harakatlari mobil telefon orqali nazorat qilingani, barcha tayyorgarliklar masofadan turib amalga oshirilgani maʼlum qilingan.
Eron politsiyasi rahbari, general Ahmadreza Radanning aytishicha, tartibsizliklarni internetda va joyida qoʻzgʻatgan yetakchilarga nisbatan maqsadli hibsga olishlar oʻtkazilgan. Ushbu shaxslar xorijdan dollar koʻrinishida toʻlovlar olgan holda jamoatchilikni qoʻzgʻatgan.
Mamlakatdagi tartibsizliklar dekabr oxiridan buyon milliy valyuta qadrsizlanishi ortidan kuzatilmoqda. Rasmiylar tinch namoyish oʻtkazish huquqi tan olinishini taʼkidlar ekan, fuqarolarni xorijdan qoʻllab-quvvatlanayotgan tartibsizliklarga qarshi hushyor boʻlishga chaqirdi. Oliy rahbar Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaiy qonuniy talablari bor norozilar bilan muloqot qilish zarurligini aytdi, biroq tartibsizliklarga qatʼiy chora koʻrish lozimligiga ham urgʻu berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring