Eronda tadbirkorlar ish tashlab, norozilik bildirishmoqda (+video)
Eron poytaxtida savdogarlar va doʻkon egalari koʻchalarni toʻsib, norozilik bildirishmoqda. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, Eron valyutasining keskin qulashidan norozi boʻlgan tadbirkorlar, savdo markazlari va kichik doʻkonlarini yopib, barcha eronliklarni ish tashlashga chaqirgan va namoyishga chiqqan.
Maʼlumotlarga koʻra, 28-dekabr kuni Eron milliy valyutasi riyol rekord darajadagi eng past koʻrsatkichga — 1,42 million dollarga yetgan. Inflyatsiya tufayli tovarlar narxi keskin koʻtarilmoqda. Oziq-ovqat narxlari soʻnggi bir yil ichida 72 foizga, dori-darmonlar narxi esa 50 foizgacha oshgan.
Namoyishchilar mamlakatdagi moliyaviy holatga javobgar masʼullarning ishdan ketishini talab qilmoqda. Xabarlarga koʻra, Tehron markaziy bozorining bir qismi ish tashlash namoyishiga qoʻshilgan.
Mamlakat kuch ishlatar tizimi mazkur namoyishchilarga qarshi koʻz yoshartuvchi gaz va suv toʻplaridan foydalangan.
Eron Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Ali Akbar Purjamshidiyon valyutaning oʻzgarishini psixologik sabablarga bogʻlagan va aholini hushyor, sabrli va hamkorlikka, shuningdek, dushmanning fitnasiga berilmaslikka chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring