Eron deputatlari Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqish talabi bilan chiqdi

Arxiv surat
Eron parlamentining 60 nafar deputati tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchidan Islom Respublikasini Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqishni va AQSH bilan yadroviy dastur boʻyicha muzokaralarni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda “Nour News” agentligi xabar tarqatdi.
“Deputat Muhammad Rizo Ahmadiy va yana 59 deputatning tashqi ishlar vaziriga Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqish hamda AQSH va Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh kotibi bilan muzokaralardan chiqish zarurligi haqidagi murojaati oʻqib eshittirildi”, — deyiladi xabarda.
Shu yilning 28-avgust kuni Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya (“Yevropa uchligi”) BMT Xavfsizlik Kengashiga 2015-yilgi yadroviy kelishuv bilan bekor qilingan Eronga qarshi xalqaro sanksiyalarni tiklash mexanizmi ishga tushgani haqida xabar berdi.
Sanksiyalar darhol kuchga kirmaydi, ularni bekor qilishni davom ettirish toʻgʻrisidagi rezolyutsiya loyihasi BMT Xavfsizlik Kengashida ovozga qoʻyilishi kerak. Agar 30 kun ichida bunday qaror tasdiqlanmasa, sanksiyalar qayta tiklanadi. Yevropa davlatlari amaldagi kelishuv muddati 2025-yil oktabr oyi oʻrtalarida tugashiga bir yarim oy qolganda shunday qadam tashlagan.
Eron “Yevropa uchligi”ning bunday qadamini qoralab, uning noqonuniyligini va bu davlatlar tomonidan kelishuvni bir necha bor buzganini aytib, javob berishga vaʼda berdi. Germaniyaning taʼkidlashicha, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyaning Eronga qarshi sanksiyalarni tiklash mexanizmini ishga tushirish qarori Islom Respublikasi bilan muzokaralarning yangi bosqichini ochishi mumkin.
2015-yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Fransiya va Eron Islom Respublikasining yadroviy dasturini cheklash evaziga sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutuvchi yadroviy bitim tuzgandilar.
2018-yil may oyida Donald Trampning birinchi prezidentlik muddati davomida Qoʻshma Shtatlar Eron yadroviy kelishuvi sifatida ham tanilgan Birgalikda kompleks harakatlar rejasi (Eron va 5+1 deb nomlanuvchi bir guruh davlatlar oʻrtasida Eronning yadroviy dasturiga doir siyosiy kelishuv)dan chiqdi va Eronga qarshi sanksiyalarni tikladi. Bunga javoban Eron kelishuv boʻyicha oʻz majburiyatlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, xususan, yadroviy tadqiqotlar va uranni boyitish darajasini cheklashdan voz kechishini eʼlon qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring