Eron ayollar termasi futbolchilari jamoa bazasidan qochib ketdi
Futbol boʻyicha Eron Islom Respublikasi ayollar terma jamoasining 5 nafar futbolchisi jamoa bazasidan qochib ketdi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.
Maʼlumki, ayni paytda Avstraliyada ayollar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionati musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. 8-mart kuni musobaqadagi soʻnggi oʻyinini Filippin terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan Eron termasi ushbu oʻyinda 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan holda turnirni soʻnggi oʻrinda yakunladi.
Jamoa dastlabki turda mamlakatda boʻlayotgan siyosiy holatdan norozi ekanligini bildirish uchun mamlakat madhiyasini aytishdan bosh tortgandi. Bu voqeadan soʻng Eron davlat televideniyesi boshlovchisi Muhammad Rizo Shahbozi Osiyo kubogining bir oʻyinida davlat madhiyasini kuylamagan futbolchi ayollarni tanqid qilib, “Urush paytida xiyonatkorlar bilan yanada qattiqroq muomala qilish kerak”, — degandi.
Shundan keyin FIFPro (professional futbolchilarning xalqaro kasaba uyushmasi) FIFA va OFKdan eronlik futbolchilar xavfsizligini taʼminlashni soʻradi.
“The Athletic” nashrida yozilishicha, FIFA, OFK va Avstraliya hukumati Eron ayollar jamoasining mamlakatda qolish muddatini xavfsizlik maqsadida uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda. Hozircha jamoa uchun qaytish reysi bron qilinmagan.
Shuningdek, terma jamoaning 5 nafar futbolchisi klub bazasidan qochib ketgan va bunga politsiya xodimlari yordam bergan. Ayni paytda qochib ketgan futbolchilar Avstraliya federal politsiyasi nazoratida xavfsiz joyda saqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring