Eron Afgʻoniston bilan chegarada ulkan beton devor qurmoqda
Eron Islom Respublikasi Afgʻoniston bilan chegarada ulkan beton devor qurmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, uni qurishdan asosiy maqsad mamlakatga kirib kelayotgan noqonuniy migrantlar oqimini cheklash va tartib oʻrnatish. Ushbu qurilishda zamonaviy va ilgʻor monitoring texnologiyalari ham qoʻllanilishi koʻzda tutilgan.
Yuzlab kilometrga choʻzilgan devor qurilishining katta qismi allaqachon bajarib ham boʻlingan va qurilish jadal suratda olib borilmoqda. Chegaradagi bu toʻsiq ulkan beton plitalardan tashkil topgan boʻlib, ularni kranlar yordamida oʻrnatilmoqda.
Hukumat devor bilan nafaqat noqonuniy migrantlar, balki kontrabanda harakatlari va turli noqonuniy savdo yoʻnalishlarini ham cheklashni maqsad qilgan.
Taʼkidlash joiz, soʻnggi yillarda Afgʻonistondagi notinch vaziyat sababli Eronga koʻplab afgʻonistonliklar kirib kelishni boshlagan va bu mamlakat uchun turli iqtisodiy hamda ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring