Erning familiyasiga oʻtishda majburlab boʻladimi?

Ayol kishi turmushga chiqqach, erining familiyasiga oʻtishi mumkinmi? Bu ishda xotinni majburlab boʻladimi? Oʻzbekiston musulmonlar idorasi mazkur savolga javob berdi.
Modomiki, urfda bu hol kishini tanitish yoʻllaridan biri hisoblansa, xotin erning familiyasini olishi joiz ishdir. Faqat sharti shuki, bu shariatda qaytarilgan nasabni daʼvo qilish yoʻli bilan boʻlmasin. Ammo shunchaki oʻzini tanitish vositasi oʻlaroq, er familiyasiga oʻtishning zarari yoʻq. Bunga quyidagilar dalil boʻladi: Qurʼoni karimning “Tahrim” surasi, 10-oyatida “Nuhning xotini va Lutning xotini”, deyiladi.
Nabaviy Sunnatda kelishicha, Abu Said Xudriy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Ibn Masʼud roziyallohu anhuning xotinlari Zaynab Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib, kirishga izn soʻraydi. Shunda: “Yo Rasulalloh, bu Zaynab, sizning oldingizga kirishga izn soʻrayapti”, deyishdi. U zot: “Zaynablarning qaysi biri”, deya soʻradilar. “Ibn Masʼudning xotinlari”, deya javob qilishganda, “Ha, unga izn beringlar!”, dedilar. Unga kirishga izn berildi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Demak, urfda joriy boʻlsa, ayolning er familiyasiga oʻtishi joiz. Vallohu aʼlam!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring