Erkin va yunon-rum kurashchilarimiz Ukrainadan 11ta medal bilan qaytdi
Erkin kurashchilarimiz 2ta oltin, 1ta kumush, 3ta bronza, yunon-rum kurashchilarimiz esa 5ta medalni qoʻlga kiritishdi.
Bugun Ukraina poytaxti Kiyev shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha anʼanaviy xalqaro turnir yakunlandi.
Oʻz tarixida yigirmanchi marta tashkil etilgan musobaqada dunyoning 20dan ortiq davlati kurashchilari uch kun davomida medallar uchun gilamga chiqishdi. Ular qatorida mamlakatimiz sportchilari ham Vatanimiz sharafini himoya qilishdi.
Turnirda Olimpiada hamda jahon chempionati gʻolib va sovrindorlari ishtirok etgani bahslarning murosasiz kechishini taʼminladi.
Yakunda erkin kurashchilarimiz 2ta oltin, 1ta kumush, 3ta bronza, yunon-rum kurashchilarimiz esa 5ta medalni qoʻlga kiritishdi. Gʻulomjon Abdullayev va Ilyas Bekbulatov oʻz vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilishdi.
Erkin kurash musobaqasida sovrindor boʻlgan sportchilarimiz:
Oltin medal
57 kg: Gʻulomjon Abdullayev
70 kg: Ilyas Bekbulatov
Kumush medal
57 kg: Nodirjon Safarov
Bronza medal
57 kg: Mahmudjon Shavkatov
79 kg: Bekzod Abdurahmonov
86 kg: Javrail Shapiyev
Yunon-rum kurashi musobaqasida sovrindor boʻlgan sportchilarimiz:
Bronza medal
55 kg: Ilhom Bahromov
67 kg: Aram Vardanyan
82 kg: Jalgasbay Berdimuratov
87 kg: Rustam Assakalov
130 kg: Moʻminjon Abdullayev
Maʼlumot uchun, mamlakatimiz delegatsiyasi ertaga soat 20:00da Kiyev - Minsk - Toshkent aviareysi bilan yurtimizga qaytib keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring