Yerdan unumli va samarali foydalanish davr talabi
Samarqand tumanining Navroʻz MMTP hududida joylashgan “Aʼzam Azamat Agro” fermer xoʻjaligida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlar, shuningdek, aholi tomorqasi, xonadonlar va mahallaning ichki koʻchalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni samarali tashkil etish va koʻpaytirish orqali mamlakatning eksport koʻrsatkichlarini oshirishga qaratilgan mintaqaviy koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

“Har bir kun — bu imkoniyat, har bir kun bu — kelajak uchun poydevor” — gʻoyasi asosida oʻtkazilgan seminarda qayd etilganidek, bu kabi avval foydalanilmagan yer maydonlaridan samarali foydalanish qishloq xoʻjaligida yangi imkoniyatlarni ochib, mahsulot yetishtirish hajmini sezilarli oshiradi.
Dala chetlari, kanal boʻylari va aholi tomorqalaridagi boʻsh maydonlarni intensiv ekinlar, xususan, toʻqsonbosti mahsulotlari bilan band qilish orqali yil davomida bir necha marta hosil olish mumkin. Bu esa ichki bozorni barqaror mahsulotlar bilan taʼminlabgina qolmay, eksport salohiyatini ham oshirishga xizmat qiladi.
Mevali daraxt koʻchatlarini ekish esa nafaqat ekologik muhitni yaxshilaydi, balki kelajakda yuqori qiymatli eksportbop mahsulotlar manbai boʻlib xizmat qiladi.

Seminar ishtirokchilari zamonaviy agrotexnik usullar va innovatsion yondashuvlarni oʻzlashtirish orqali yer resurslaridan maksimal darajada foydalanish muhimligini taʼkidlashdi.
Seminarning amaliy qismida ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etuvchi toʻqsonbosti ekinlar va mevali daraxt koʻchatlarini ekish jarayonlari amalda koʻrsatib berildi.

Bu kabi tadbirlar mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan muhim qadamlardan biridir.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Afrika pingvinlari 2036-yilga borib, baliq tanqisligi sabab yoʻqolib ketishi mumkin
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring