Yer uchastkalarini ajratishda shaffoflik taʼminlanadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida boʻldi.
Taʼkidlanganidek, yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash ustuvor masalalardan sanaladi.
Taklif etilayotgan ushbu hujjat bilan 4 ta kodeks, 22 ta qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. Xususan, 10 ta qonun hujjatidan yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanishga berilishi nazarda tutilgan qoidalar chiqarilmoqda.
Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi orqali barcha qonun hujjatlaridagi yerga oid normalarning oʻzaro muvofiqligi, huquqni qoʻllash amaliyotining yagonaligi, eng muhimi, yer uchastkalarini ajratishda shaffoflik taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring