Yer daromad manbai faqat undan foydalana bilish kerak

Har qarich yerdan omilkorlik bilan foydalanishga qaratilayotgan e’tibor, aholi farovonligini oshirish uchun berilayotgan imtiyozlar tomorqa xo‘jaligini yuksaltirishga sabab bo‘lyapti. Buni bizning Payariq tumanidagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar misolida ko‘rish mumkin.
Xususan, men tumandagi “Zarafshon” MFY ga qarashli Rivoj qishlog‘ida yashayman. Avvallari ham tomorqamizga turli sabzavotlar ekib, ro‘zg‘orimizga yetarli hosil olib turgandik. Ammo, bu faqat yoz mavsumidagina bo‘lib, kelgusi pishiqchilikkacha bozordan sotib olishga to‘g‘ri kelardi. Shu sabab yerdan unumli foydalanish maqsadida issiqxona tashkil qilishni niyat qildik. Biroq uni qurishga yetarli mablag‘imiz yo‘q edi. Mahalla raisining maslahati bilan imtiyozli kredit oldik. Bu ishda hokim yordamchisi ko‘mak berdi. 30 million kredit mablag‘i bilan xo‘jaligimizda ikkita to‘rt sotixli issiqxona qurdik. Tomorqamizdagi bu issiqxona bugun xonadonimizning daromad manbaiga aylangan. Tomorqadan daromad olish bilan birga aholi dasturxonining qishda ham yoz mahsulotlari bilan ta’minlanishiga o‘z hissamizni qo‘shib kelyapmiz.
Bir men emas, oilamizda kimning bo‘sh vaqti bo‘ldi deguncha issiqxonadan xabardor bo‘lib turadi. Ismaloq, jag‘-jag‘ ekib, qorli, qirovli kunlarda ham daromad qildik. Bahor kelishi bilan birinchi ekinga bodring ekdik. Hosilga kirib, bozorga kunda-kun ora 100-150 kilo bodring sotamiz. Ozgina dehqonchilik ilmidan xabardor bo‘lsangiz yetarli. Ortiqcha mehnati yo‘q, muhimi, hosil ham uvol bo‘lmaydi. Keragini ro‘zg‘orga ishlatamiz, ortganini bozorga sotamiz. Ro‘zg‘orimizning kamini butlab, qo‘shimcha daromadga ham ega bo‘lyapmiz.
Mahallamiz hududida birorta sanoat korxonasi yo‘q. Ammo, biz kabi issiqxona qurgan xonadon egalarining daromadi oshgani sari o‘z xo‘jaligida issiqxona tashkil qilish istagini bildirayotganlarning ham soni ortayapti.
Aholining asosiy daromadi yerdan - tomorqachilikdan. MFY ga qarashli mavjud oltita qishloqning barcha xonadonlarida bir qarich ham yer bekor yotmaydi. Shu sababdan mahalla raisi va hokim yordamchisi aholiga ajratilayotgangan imtiyozli kreditlarning asosiy qismini tomorqachilikka yo‘naltirmoqda. Raisimiz Sobir Rahimovning aytishicha, joriy yil boshidan buyon hokim yordamchisi ko‘magi bilan ehtiyojmand oilalar hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni maqsad qilgan fuqarolarga qariyb 400 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Shu mablag‘lar hisobiga 10 ga yaqin issiqxona tashkil qilindi. Demak, mahallamizdagi yana qancha xonadonlarning daromad manbai ortdi.
Zilola Rajabova, Payariq tumani.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring