Eng kuchlilar bir maydonda jamlandi
Foto: "Xalq so'zi"
Andijon shahri navbatdagi yirik sport musobaqasiga mezbonlik qildi. Bu yerda MMA boʻyicha xalqaro bellashuv boʻlib oʻtdi. Qozogʻiston, Qirgʻiziston Tojikiston, Ukraina kabi oʻnlab davlatlardan tashrif buyurgan professional sportchilarning bu galgi uchrashuvi odil hakamlar tomonidan munosib baholandi.
Musobaqada respublikamiz vakillari ham faol ishtirok etdilar. Jumladan, 100 kilogramm vazn toifasida Q. Gʻaniyev raqibini 1 raundning 35-soniyasida texnik nokautga uchratgan boʻlsa, 77,1 kilogramm vazn toifasidagi jangda M. Mamajonov raqibidan ustunlik qildi. Shohasan Mirzamatov braziliyalik Txiago Oliverani magʻlubiyatga uchratib, mamlakatimiz sportchilari sharafini munosib himoya qildi.
Musobaqa yakunida Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi tomonidan respublikamizda sportning jangovar turini rivojlantirishga qoʻshayotgan hissalari uchun bir guruh sportchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring