Eng koʻp soliq bazasi yashirilgan soha qaysiligi maʼlum boʻldi
Foto: Illustrativ
Soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori deb baholangan 1518 ta tadbirkorlik subyektiga soliq auditi oʻtkazildi. Bu esa umumiy soliq toʻlovchilarning atigi 0,27 foizini tashkil etdi. Ushbu auditlarning oʻziyoq bizneslarda soliqlarni toʻlamaslikka moyillik mavjudligini koʻrsatdi. Bu haqda “Fiskal tahlillar” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida oʻtkazilgan soliq auditlari natijasida muhim moliyaviy tafovutlar aniqlangan. Audit jarayonida aniqlangan jami soliq xavfi summasi 3 trillion 834,8 milliard soʻmga yetgan boʻlsa, umumiy aniqlangan miqdor 4 trillion 841,4 milliard soʻmni tashkil etdi.
Bu raqamlar davlat byudjetiga soliq orqali katta miqdordagi tushumlar yetishmayotganini anglatadi. Ayni paytda, soliq toʻlovlarini nazorat qilish tizimining kuchaytirilishi tadbirkorlarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan.

Eng koʻp soliq bazasi yashirilgan soha – savdo va umumiy ovqatlanish boʻlib, bu sohada 3 trillion 424,7 milliard soʻm yashirilgani aniqlandi. Keyingi oʻrinlarda qurilish sohasida 460,9 milliard soʻm, xizmat koʻrsatish sohasida esa 404,9 milliard soʻm bilan egallagan. Qishloq xoʻjaligi, transport va ishlab chiqarish sohalarida ham soliqdan qochish koʻrinishlari mavjud.
553 ta soliq toʻlovchi korxonada jami 8 trillion 360,3 milliard soʻmlik soliq bazasi yashirilgani fosh boʻlgan. Shundan 266 ta subyektda 2 trillion 512,5 milliard soʻmlik tovar summasi koʻrsatilmagan, bu esa byudjet uchun sezilarli zarar keltirgan. 115 ta subyektda esa kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va realizatsiya qilinganligi aniqlangan.
Bu auditlar davlatga katta miqdordagi tushumlarni keltirgan boʻlsa-da, baʼzi soliq toʻlovchilarning moliyaviy majburiyatlariga beeʼtiborligi davom etmoqda. Bugungi kunga kelib, aniqlangan 3 trillion 150,3 milliard soʻmdan faqatgina 1 trillion 125,6 milliard soʻmi toʻlab berilgan, bu esa 35,7 foizni tashkil qiladi. Bu holat tadbirkorlar va davlat oʻrtasida moliyaviy masʼuliyatning yetarli darajada oʻzaro muvofiqlashmaganini koʻrsatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring