Eng faol muallifga avtomobil sovgʻa qilinadigan boʻldi
Bugun Bobur shahrida ekologiya va atrof-muhitni yaxshilash, havo ifloslanishining oldini olishga qaratilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbirda Andijon viloyat hokimi Shuxratbek Abdurahmonov ishtirok etib, shu kunlarda yuzaga kelgan vaziyat hudud uchun jiddiy xavf tugʻdirayotgani haqida gapirdi.
Anjumanda aloqador tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va axborot xizmati xodimlari qatnashdilar.
Viloyat rahbarining taʼkidlashicha, ekologik muammolar dunyo miqyosida muhim dolzarblik kasb etmoqda. Tahlillarga koʻra, havo ifloslanishining 40 foizi tabiiy omillarga, 60 foizi esa inson faoliyatiga toʻgʻri kelmoqda.

Tadbirda hududda ekologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar batafsil maʼlum qilindi. Jumladan, sanoat korxonalarida monitoring stansiyalari oʻrnatilayotgani, 15 kunlik ekologik tadbirlar eʼlon qilingani, ishchi guruhlar kunu-tun faoliyat yuritayotganligi qayd etildi.
Shu vaqtgacha atrof-muhitga zarar yetkazayotgan 85 ta korxona faoliyati toʻxtatilgani, ijtimoiy soha obyektlarida koʻmirdan foydalanish qisqartirilgani, sanoat korxonalarida filtrlar oʻrnatish majburiyati belgilab qoʻyilgani bildirildi. Qurilish maydonlarida changni kamaytirish, ariqlarni tozalash hamda chiqindilar va xazon yoqilishining oldini olish boʻyicha amaliy ishlar yoʻlga qoʻyilgani taʼkidlandi.

Anjumanda ekologik madaniyatni yuksaltirishda jamoatchilik va OAVning oʻrni muhim ekani qayd etildi. Shu munosabat bilan faol jurnalist va blogerlar uchun tanlov eʼlon qilindi. Unga koʻra, 10 nafar gʻoliblarni hokimlikning rasmiy sovgʻalari bilan, birinchi oʻrin sohibini esa avtomobil bilan taqdirlash rejalashtirilgani maʼlum qilindi.
Tadbir yakunida viloyat rahbari OAV va mustaqil jurnalistlarning takliflarini tinglab, ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ularni qiziqtirayotgan savollarga batafsil javob berdi.
Saminjon HUSANOV, ”Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring