Eng baland hududdagi eng chekka saylov uchastkasi saylovga shay

Foto: Saminjon Husanov / Xalq so'zi
931-saylov uchastkasi respublikamizning eng chekka hududi hisoblanmish Xonobod shahridagi Xidirsha qishlogʻida joylashgan. Manzil qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh boʻlgani bois bu yerda oʻzbek va qirgʻiz millati vakillari bir oila aʼzolaridek istiqomat qiladilar.
— Saylov uchastkasi dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan, — deydi 2-Andijon saylov okrugi matbuot xizmati kotibi Rustamjon Eshonov. — Shu bois u respublikamizning eng chekka saylov uchastkasi boʻlish bilan bir qatorda Andijon viloyatida eng baland hududdagi maskan sanaladi.
Saylov uchastkasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdik. Amaldagi tartiblar asosida barpo etilgan uchastka saylovga tayyor. Yuqorida aytilganidek, maskan Andijon viloyatining qir-adirlardan iborat eng yuqori choʻqqisiga joylashgani sababli bu yerga yengil avtomashinalarda borish mumkin. Lekin barcha avtomashina ham buning uddasidan chiqa olmaydi. Shu bois saylovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Alchaliq mahallasiga koʻchma saylov qutisini olib borishga toʻgʻri keladi.
— Saylovchilarimiz soni 716 nafar, — deydi 931-saylov uchastkasi raisi Gulmira Ashurova. — Hamqishloqlarimiz oʻzlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishda faollik koʻrsatishiga ishonaman.
— Yashirib nima qildik, bir paytlar bir oilada necha kishi yashagan boʻlsa, hammaning nomidan bir kishi ovoz berib kelaverardi, — deydi shu qishloqda yashovchi Sayqal Asqarova. — Endi bunday qilishga haqqimiz yoʻq. Qishloimizda hech kim oʻz kelajagiga, mamlakat taqdiriga befarq emas.
Xulosa qilish mumkinki, respublikamizning eng chekka hududlarida ham bu yilgi saylovga tayyorgarlik ishlariga jiddiy yondashilgan. Muhimi, saylovchilar bu borada oʻz burch va majburiyatlarini yaxshi biladilar.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring