Energetika vazirligida Matbuot shtabi tashkil qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining buyrugʻi bilan kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarga tezkor axborot yetkazish maqsadida “Matbuot shtabi” tashkil etildi.
Bu haqda vazirlik matbuot xizmati maʼlum qildi.
Mazkur shtab tarkibiga Yoqilgʻi-energetika kompleksi tashkilotlari matbuot kotiblari kiritilgan.
Amaliyot shuni koʻrsatadiki, kuz-qish mavsumida havo haroratining keskin sovishi bilan bogʻliq ravishda elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli keskin oshishi munosabati bilan ushbu masalalar boʻyicha murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
Shu munosabat bilan, yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalarida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari, shuningdek, elektr energiyasi, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmlari, kuzatilayotgan nosozliklarning sabablari va ularni bartaraf etish toʻgʻrisida oʻz vaqtida maʼlumot berish muhim ahamiyatga ega.
“Matbuot shtabi” ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Yoqilgʻi-energetika sohasiga oid barcha qiziqtirgan savol va murojaatlarni press@minenegry.uz elektron manziliga yuborish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring