Energetik ichimliklar tasviridan foydalanilgan futbolka va bosh kiyimlarni tarqatish mumkin emas

Foto: Arxiv surat
Energetik ichimliklar reklamasida quyidagilar taqiqlanadi:
— soat 7:00 dan soat 22:00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish;
— tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) orqali energetik ichimliklarni reklama qilish;
— energetik ichimliklar namunalarini voyaga yetmaganlar oʻrtasida reklama qilish maqsadida bepul tarqatish;
— voyaga yetmaganlarga energetik ichimliklarni reklama qilish;
— asosan voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan tadbirlarga homiylik qilish, agar bunda energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalaniladigan boʻlsa;
— voyaga yetmaganlar orasida energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, oʻyinlarni va boshqalarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
— asosan bolalar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va taʼlim muassasalarida hamda tashkilotlarida energetik ichimliklarni reklama qilish;
— energetik ichimliklardan foydalanilgan holda ragʻbatlantiruvchi aksiyalar oʻtkazish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring