Endilikda qishloq xoʻjaligi yerlari faqat elektron auksion orqali ijaraga beriladi

16:47 20 Yanvar 2024 Hujjatlar
581 0

2024-yil 1-martdan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn-auksion savdolari joriy etiladi. Bunda:

— ijara muddati – 30-yil, boshlangʻich narx – yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;

— auksion gʻoliblariga yer narxini 3-yilga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan fuqarolarga esa – 5-yilga foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi;

— auksiondan tushgan mablagʻlar xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin tegishli tuman mahalliy byudjetiga oʻtkaziladi.

2024-yil 1-martga qadar respublika boʻyicha jami 15 626,8 gektar yer maydoni elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер