Endilikda “prava” olish uchun nazariy darslarda qatnashish ixtiyoriy boʻladi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda “A” va “B” toifadagi haydovchilikka nomzodlar majburiy oʻquv dasturining nazariy qismini mustaqil oʻzlashtirishiga ruxsat beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida keltirilgan.
Qarorga koʻra, 2026-yil 1-fevraldan “A” va “B” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun talabgorlar haydovchilarni tayyorlash boʻyicha majburiy oʻquv dasturining nazariy qismini mustaqil oʻzlashtirishi mumkin boʻladi.
Bunda, talabgorlar:
• oʻz ixtiyoriga koʻra nazariy bilimlarni olish uchun oʻquv kurslarida (onlayn yoki oflayn shaklda) oʻqiydi yoxud mustaqil tayyorlanadi;
• majburiy oʻquv dasturida belgilangan amaliy mashgʻulotlarni avtomaktablarda toʻliq bajaradi;
• amaliy mashgʻulotlarda toʻliq qatnashgandan soʻng, haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi;
• amaliy mashgʻulotlardan oʻtgani haqidagi maʼlumotnoma elektron tarzda shakllantiriladi.
Hujjat bilan, “A” va “B” toifadagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv guruhlarini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatida roʻyxatga olish tartibi bekor qilinadi.
Shuningdek, 2026-yil 1-apreldan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali belgilangan tegishli yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballari hisoblanadi. Jarima ballarini transport vositasining mulkdori va mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda (ishonchnoma, sugʻurta polisi, yoʻl varaqasi) foydalanuvchi boshqa haydovchilarga taqsimlash tartibi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring