Endi Yandex.Go O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, soliqlar to‘lashi kerak bo‘ladi. Soliqlar to‘lanmasa ilova bloklanadi
Arxiv foto
Soliq qo‘mitasi Yandex.Go xizmatlarini taqdim etuvchi Ridetech International B.V kompaniyasidan O‘zbekistonda soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish va belgilangan soliqlarni to‘lashni talab qildi.
Rasmiy xabarda yozilishicha, 2023 yilning sentyabr oyida Ridetech International B.V. kompaniyasiga ikki oy muddatda o‘z faoliyatini qonun hujjatlari asosida tashkil etish bo‘yicha quyidagi talablar qo‘yilgan:
Faoliyatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish va belgilangan soliqlarni to‘lash;
soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiyalashuvni ta’minlash va mijozlarga avtomatik shakllantiriladigan fiskal chek taqdim etish.
2023 yil 1 dekabrga qadar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda, Soliq qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga Yandex.Go kompaniyasining O‘zbekiston hududida agregator sifatida foydalanib kelinayotgan elektron platformadan foydalanishni bloklash bo‘yicha rasmiy murojaat qilishini ma’lum qildi.
Oʻz navbatida, Soliq qoʻmitasining ushbu talabiga kompaniya tomonidan rasmiy izoh berildi.
“Biz Soliq qoʻmitasi bilan mahalliylashtirish mavzusida muloqot olib boryapmiz va bozor amaliyoti ustida hamkorlikda ishlayapmiz. Taksi onlayn buyurtma berish xizmatlarida fiskal tushumlar bozor uchun koʻp mehnat talab qiladigan jarayondir. Biz mamlakatda Davlat soliq qoʻmitasi bilan bu borada hamkorlikni boshlagan birinchi platformamiz”, deyiladi kompaniya izohida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring