Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi

Foto: OʻzMU Jizzax filiali
Oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Hukumatning Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomida soʻz boradi.
Hujjatga koʻra, taʼlim grantiga talabgorlardan joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha GPA koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi. Oʻzlashtirishi ushbu koʻrsatkichdan past boʻlgan talabalarning taʼlim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va taʼlim granti oʻrni vakant qoladi.
Taʼlim grantiga talabgorlar uchun oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn roʻyxatdan oʻtish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.
Taʼlim grantiga talabgorlarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari mutanosib tarzda 80 balli mezonda baholanadi, bunda GPA koʻrsatkichini “16” soniga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Taʼlim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik koʻrsatkichi 20 balli mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
Belgilangan taʼlim granti oʻrinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija koʻrsatgan talabgorlarning akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ustuvorlik beriladi. Agar oʻzlashtirish koʻrsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun oʻzlashtirilgan semestrlarda oʻtilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari oʻtkaziladi.
Oliy taʼlim tashkiloti kengashining qaroriga asosan taʼlim grantini oluvchi talabalar roʻyxati har yili 25-avgustga qadar oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring