Endi tadbirkorlik subyektlarini tekshirish prokuratura bilan kelishish orqali amalga oshiriladi

11:05 10 Sentyabr 2018 Jamiyat
3293 0
Illyustrativ foto

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Bu haqda “Huquqiy axborot”kanali xabar berdi. Nizomga muvofiq, tekshiruvlar tegishli tartibda amalga oshiriladi. Bir kunlik tekshiruvlar viloyat prokuraturasi bilan, bir kundan ortiq boʻlgan tekshiruvlar Bosh prokuratura bilan kelishiladi.

Tekshiruv oʻtkazishni kelishish Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimi orqali bajariladi. Shuningdek, chet el investitsiyalari ishtirokidagi, xorijiy korxonalar, erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish faqat Bosh prokuratura tomonidan amalga oshiriladi.

Nazorat qiluvchi organlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari haqidagi murojaatlari asosida, tadbirkorlar faoliyatida oʻtkazilgan “xavfni tahlil etish” natijalari, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoki ijtimoiy tarmoq, veb-saytlardan olingan maʼlumotlar asosida tekshiruv oʻtkazishni soʻrab murojaat qilishga haqli.

Bundan tashqari, tekshiruv boshlanishidan oldin tadbirkor tekshiruv maqsadi bilan tanishtiriladi va u tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirishi shart.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?