Endi oʻzbekistonliklar Rossiyada ham haydovchilik guvohnomasini almashtirishi mumkin

Hukumat qarori bilan Oʻzbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalarida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi boʻyicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Rossiyadagi talabgor eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun konsullik muassasasiga ariza bilan shaxsan murojaat qilishi mumkin.
Konsullik muassasasi talabgor nomidan soʻrovnomani toʻldirib, 1 ish kunida IIV YHXBBga yuboradi. YHXBB hujjatlarni koʻrib chiqib, 1 ish kunida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradi. Keyin uni Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentiga (TIV KHD) yuboradi.
Konsullik muassasasi 1 ish kunida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini egasiga beradi.
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirish uchun quyidagilar undiriladi:
BHMning 70 foizidagi toʻlov;
20 dollar konsullik yigʻimi;
20 dollar haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun yigʻim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring