Endi navbat paralimpiadachilarga: 65 nafar sportchi bilan 113 ta litsenziya boʻyicha “Parij-2024”da kurash olib boradi

12:39 13 Avgust 2024 Sport
230 0

Bugun Olimpiya shon-shuhrati muzeyida mamlakatimiz sport delegatsiyasini “Parij-2024” XVII yozgi Paralimpiada oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Bosh Vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov maʼlum qildi.

Qayd etish kerakki, bu galgi Paralimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik sikli avvalgilariga qaraganda ancha farqli boʻlgan va Oʻzbekiston delegatsiyasidan katta natijalar kutilmoqda.

Rasmiy kuzatish marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov soʻzga chiqib, sportchilarimizga omad tilagan.

Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shaxsan qoʻllab-quvvatlashi va Paralimpiada harakatiga qaratilgan eʼtibori barcha tashkiliy va tayyorgarlik jarayonlari samarali oʻtishiga hissa qoʻshgan deyish mumkin.

Maʼlum qilinishicha, Para atletlarimiz yozgi Paralimpiada oʻyinlariga 65 nafar sportchi bilan 113 ta litsenziyani qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Bu yurtdoshlarimizning Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etish boʻyicha litsenziyalar va musobaqa ishtirokchilari soni boʻyicha mutlaq rekord koʻrsatkichidir. Sportchilarimiz Paralimpiya oʻyinlarida para yengil atletika, dzyudo, suzish, pauerlifting, kanoe, akademik eshkak eshish, taekvondo, oʻq otish va velosport boʻyicha ishtirok etadi.

Avvalroq, Parij-2024 qahramonlari Prezident sovgʻalarini qabul qilib olishgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер