Endi maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻriladi
“Sud qarorlarini qayta koʻrish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar endilikda jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻriladi.
Endilikda fuqarolar oʻz hisobidan maʼmuriy bayonnomaning koʻchirma nusxasini, shuningdek sud majlisining audio- yoki videoyozuvini olishga haqli.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qaror ustidan maʼmuriy bayonnomani tuzgan organ tomonidan ham shikoyat berilishi mumkin.
Maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida koʻrish bekor qilinib, apellyatsiya instansiyasi joriy etildi.
Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi bilan bir qatorda ularning adolatsizligi ham sud hujjatini kassatsiya tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻlishi belgilandi.
Kassatsiya instansiyasi sudi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni Oliy sud raisi, Bosh prokuror yoki ularning oʻrinbosarlari kiritgan protestga koʻra kassatsiya tartibida takroran koʻradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring