Oʻzbekistonning ayrim fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan har bir kun uchun yigʻim undiriladi

21:38 09 Fevral 2021 Hujjatlar
1734 0

Prezident Farmoniga binoan, 2021-yil 1-martdan boshlab:

Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda turistik (mehmonxona) yigʻim undiriladi.

Bunda, turistik (mehmonxona) yigʻim ichki turizmni targʻib qilish va ragʻbatlantirish, turizm mavsumi past boʻlgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?