Emmanuel Makronning Germaniyaga safari davom etmoqda
Foto: “Reuters”
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ikki davlat o`rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ya`ni sovuq munosabatlarni iliqlashtirish uchun 24 yil ichida Germaniyaga birinchi davlat tashrifini amalga oshirdi.
- Fransiya-Germaniya munosabatlari Yevropa uchun ajralmas va muhim, - degan Makron yakshanba kuni Germaniyaga uch kunlik davlat tashrifini boshlashdan oldin.
Berlinga qo`ngan Makron prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashib, demokratiya mavzusiga bag`ishlangan festivalda qatnashgan. Germaniya prezidenti ikki mamlakat ba`zan alohida siyosat nuqta`i nazaridan farq qilishiga qaramasdan Berlin va Parij oxir-oqibat kelishuvag erishishini ta`kidlagan.
Makron iyun oyida bo`lib o`tadigan Yevropa Ittifoqchi saylovlarining muhimligi va alyans demokratiya hamda umumiy qadriyatlar himoyachisi ekanligini aytgan. – Biz demokratiyani himoya qilish bu doimiy kurash ekanligini ba`zida unutib qo`yamiz, - degan Fransiya yetakchisi. Germaniya prezidenti ham huquqlar osmondan tushmaganligi va ular uchun kurushish kerakligini qo`shimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring