Elektron yuk xati (ye-CMR) toʻgʻrisidagi Bayonnoma Oʻzbekiston uchun kuchga kiradi
2021-yil 14-yanvar kuni Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning elektron yuk xatiga (ye-CMR) oid 2008-yil 20-fevralda Jeneva shahrida imzolangan Qoʻshimcha bayonnomasi Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kiradi.
Oʻzbekiston ushbu Bayonnomaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25 sentabrdagi qaroriga muvofiq qoʻshilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Mazkur hujjat elektron aloqa vositasi orqali tashish shartnomasini tuzish tartibini soddalashtirish va tezlashtirishni, yuk xatining qogʻoz shaklidagi nusxasi bilan teng yuridik kuchga ega boʻlgan elektron yuk xatini joriy etishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, Bayonnomada ishtirok etish qogʻoz shaklidagi hujjatlardan foydalanishni cheklamagan holda ye-CMRdan foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtishni taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring