Elektr toki yordamida baliq ovlaganlar tabiatga 100 million soʻmdan ortiq zarar yetkazdi
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida joylashgan Shoʻrkoʻl suv omborida ekologik nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi. Bu haqida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan reyd davomida Gʻijduvon tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro tomonidan elektr toki yordamida noqonuniy baliq ovlash holati aniqlangan.
Ushbu shaxslar tomonidan 17 dona zogʻora va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 1 dona Turkiston moʻylovdori ovlangani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur huquqbuzarlik natijasida tabiatga 107 million 532 ming soʻm zarar yetkazilgani maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan 18 dona baliq hamda 1 dona rezina qayiq ashyoviy dalil tariqasida olib qoʻyilgan. Tegishli organlarga birlamchi hujjatlar yuborilib, hozirda tergov-surishtiruv harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring