Elektr energiyasini saqlash tizimini qurish orqali energetika xavfsizligi taʼminlanadi
“Toshkent viloyati Zangiota tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ–381-son, 17.12.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, “EAGLERISE DEVELOPMENT HK COMPANY LIMITED” (XXR) kompaniyasi tomonidan “Toshkent viloyati Zangiota tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasi doirasida “Mega Energy Power TECH” MCHJ (Loyiha kompaniyasi) taʼsis etilgan.
Qarorga koʻra, loyiha kompaniyasi oʻz zimmasiga elektr energiyasini saqlash tizimi foydalanishga kafolatlangan tarzda tayyor turishini taʼminlash majburiyatini oladi.
Shuningdek, loyiha kompaniyasi loyiha doirasida elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya quradi hamda ishga tushirilgandan soʻng ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi.
Bundan tashqari, elektr energiyasini saqlash tizimini qurish bilan bogʻliq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari bitimlarga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring