Elektr energiyasi isteʼmoli: Rekord yangilandi
Oʻzbekistonda 25 va 26-iyul kunlari energotizim boʻyicha mutlaq tarixiy rekord koʻrsatkichlar yangilangan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 25-iyul kuni soat 15:47 da havo harorati +39,7 darajada (Toshkent shahrida) Oʻzbekiston energotizimida isteʼmol quvvati 11 822 MWʻni tashkil qilgan. Mazkur koʻrsatkich yoz davri uchun tarixdagi absolyut rekord boʻlib, 2023-yil 28-iyulda (+40 daraja) qayd etilgan eng yuqori isteʼmolga nisbatan 343 MW koʻp boʻlgan.
Shuningdek, 26-iyul kuni yozgi maksimal sutkalik elektr energiyasi isteʼmoli 253,3 mln KW•hʼni tashkil etib, 2023-yil 28-iyul kungi yozgi maksimal isteʼmoldan 0,9 mln KW•h koʻp boʻlgan.
Toshkent shahrida 26-iyul kuni absolyut tarixiy rekord isteʼmol quvvati soat 14:27 da kuzatilib, 1705 MWʻni tashkil etgan. Bu oʻtgan yil 27-iyul (+40,1 daraja) kunida kuzatilgan maksimal isteʼmolga nisbatan 97 MW koʻpdir.
Anomal harorat fonida havo va kabel elektr uzatish liniyalarining oʻtkazuvchanlik qobiliyati pasayishi sababli poytaxtning alohida elektr tarmoq xoʻjalik obyektlarida (soat 11:00 dan soat 17:00 gacha) oʻta kuchli yuklanishlar qayd etilgan. Mazkur holat tizimli avariyalarning rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslik va poytaxt isteʼmolchilarning tartibsiz ommaviy uzilishlarining oldini olish maqsadida Toshkent shahar isteʼmolchilariga qisqa muddatli vaqtinchalik cheklovlar kiritishni talab etgan.
“Isteʼmolchilardan tarmoqda keng koʻlamli nosozliklar yuzaga kelishining oldini oladigan, ancha uzoq vaqt tuzatishni talab qiladigan holgacha yetib bormaslik uchun qisqa muddatga elektr energiyasini uzib turishga toʻgʻri keladigan bunday zaruriy choralar bugun oʻta muhim ekanini toʻgʻri tushunishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Vazirlikka koʻra, ayni paytda kunduzgi soatlarda energotizimda jami 1300 MW zaxira quvvatlari mavjud boʻlib, isteʼmol talabining qariyb 1900 MW qismi yoki 16 foizi quyosh fotoelektr stansiyalari hisobidan qoplanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring