Eldor Shomurodov “Roma” klubining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Italiyaning “Roma” klubi aprel oyi yakunlariga koʻra, oyning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz berish jarayonlari yakunlanganini eʼlon qildi. Bu haqida klub oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qilgan.
Soʻrovnoma natijalariga koʻra, hamyurtimiz Eldor Shomurodov eng koʻp ovoz toʻplagan holda “Roma” klubi safida aprel oyining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Qayd etish joizki, oʻzbekistonlik hujumchi klub rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida jamoa hujumchisi Matias Sule hamda darvozabon Mile Svilar kabi futbolchilarni ortda qoldirgan holda oy futbolchisi nomiga sazovor boʻldi.

Maʼlumot uchun, Eldor Shomurodov Rim klubidagi 4-yillik faoliyati davomida ikkinchi bor oyning eng yaxshi futbolchisi nomini oldi. Avvalroq, fevral oyi yakunlariga koʻra, oʻzbekistonlik hujumchi klub rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida Dibala, Anxelino, Chelik va Sule kabi futbolchilarni ortda qoldirgan holda klub safidagi fevral oyining eng yaxshi futbolchisiga aylangandi.
Eslatib oʻtamiz, Eldor Shomurodov “Roma” klubi bilan shartnomasini 2027-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirgan. Taʼkidlanishicha, Shomurodov klub bilan shartnomani uzaytirish uchun amaldagi maoshining qisqarishiga rozilik bildirgan. “Roma” klubining ayni vaqtdagi boshqaruv strategiyasiga koʻra, jamoa shartnomani uzaytirmoqchi boʻlgan ayrim futbolchilarning maoshlarini qisqartirishni nazarda tutadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring