Eldor Shomurodov Italiyaga yoʻl olmoqda

21:21 30 Sentyabr 2020 Sport
1195 0

 

«Jenoa» klubi sport direktori Daniyele Fajiano “Rostov” klubida toʻp surayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovning transferini tasdiqladi.

“Biz transferning barcha shartlarini kelishib oldik. Oʻylashimcha, Shomurodov tez orada Italiyaga tashrif buyuradi. Bu voqea tezroq roʻy berishiga umid bildirib qolaman”, - dedi Fajiano.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq «Jenoa» Eldor Shomurodov uchun 8 million yevro taklif qilayotgani xabar qilingandi.

Maʼlumot uchun, «Jenoa» ayni paytda Italiya A seriyasida 12-pogʻonada bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?