Eksportyor korxonalarga 5 million AQSH dollarigacha bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etiladi
“Eksportchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Farmonga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan:
● Yillik eksport hajmi 20 million AQSH dollaridan oshgan korxonalarga eksport savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun bir martalik moliyaviy resurslar 5 million AQSH dollarigacha miqdorda, bir yilgacha muddatga taqdim etiladi;
● Oxirgi 12 oy davomida 1 million AQSH dollaridan ortiq tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar olib kirishda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha foiz hisoblanmagan hamda ularning toʻlanishini taʼminlash talab etilmagan holda 120 kunga kechiktirish imkoniyati beriladi.
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qoʻllanilishi 2021-yil 31-dekabrgacha toʻxtatiladi.
Shuningdek, 2021-yil 1-oktyabrdan yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlardan sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, xomashyo, oʻlchov vositalari, kimyoviy reagentlar, koʻtarish moslamalari va transport vositalari importida milliy sertifikat olish talabi bekor qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring