Eksportbop va serdaromad ekinlar ekish uchun 54 ta tumanda oʻquv-tajriba maydonlari tashkil etiladi

18:23 07 Mart 2024 Hujjatlar
1243 0

Иллюстратив фото

“Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-115-son, 05.03.2024-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra:

— tumanlar eksportbop va serdaromad ekinlar ekishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish va mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtiriladi;

— 2024-yilda eksportbop va serdaromad ekinlar ekish va aholining mazkur sohada bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun 54 ta tumanda namunaviy oʻquv-tajriba maydonlari tashkil etiladi;

— 2024-yilda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 51 ta tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yangi loyihalar amalga oshiriladi;

— ishlab chiqarishga oid loyihalar bilan bir qatorda mahsulot yetishtirish bilan bogʻliq loyihalarga, 100 million soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratiladi;

— qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish bundan mustasno, muzlatgichli omborxona, tayyor holda issiqxona, qadoqlash, quritish va qayta ishlash sexlari aholiga 12 oyga boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga beriladi;

— oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga xonadonlarda biogumus tayyorlash faoliyati kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?