Eksponatlar bilan boyigan muzey
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi muzey fondi tarixiy ahamiyatga ega eksponatlar bilan to‘ldirildi. Gap shundaki, fondga O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek musiqali drama teatr san’ati va milliy orkestriga asos solgan atoqli bastakor To‘xtasin Jalilovga oid muhim ashyolar olib kelindi.
Ushbu eksponatlar orasida, ayniqsa, 1965-yildan ishlab chiqarila boshlangan “Molodyojniy” rusumidagi elektrofon e’tiborni tortadi. Bu uskuna san’atkor hayotining so‘nggi yillariga to‘g‘ri kelgan davr mahsuli bo‘lgani bilan tarixiy jihatdan muhimdir.
Shuningdek, fondga san’atkorga tegishli va hozirgi kunda juda noyob, tarixiy fotosuratlar ham topshirildi. Mazkur eksponatlar T. Jalilov merosini chuqurroq o‘rganish, uning hayoti va ijodini keng jamoatchilikka yetkazish imkoniyatini oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring