Ekologik ekspertiza jarayonlari takomillashtirilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov, Haqberdi Asqarov / “Xalq so‘zi”
Senatning yalpi majlisida “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholi punktlarining sanitariya va ekologik holatini yaxshilash, ekologik ekspertizani takomillashtirish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Biroq ekologik ekspertizaga oid amaldagi huquqiy hujjatlar tarqoq, qator normalar havola xususiyatga ega, sohani tartibga solishning xalqaro talablarga mos bo‘lgan huquqiy mexanizmlari esa joriy etilmagan.
Bu esa, o‘z navbatida, bugungi kunning muhim masalalaridan bo‘lgan xalqaro investorlarning kirib kelishiga, mamlakat imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Muhokama davomida senatorlar amaldagi qonun normalarini tizimlashtirish, jarayonlar ketma-ketligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan mazkur Qonun ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishini ta’kidladi.
Qonunda ekologik ekspertizaning, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholashning tushunchalari, maqsadlari, asosiy prinsiplari, maxsus vakolatli davlat organi hamda uning vakolatlari, ekologik ekspertizaning turlari, ob’yektlari, sub’yektlari, ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish masalalari aks etgan.

Shuningdek, atrof-muhitga ta’sirni baholashda jamoatchilikning ishtiroki haqidagi normalar ham belgilanmoqda.
Strategik loyihalarning atrof-muhitga ta’sirini baholash tizimini qabul qilingan xalqaro normalarga moslashtirish maqsadida strategik ekologik baholash tizimini joriy etish nazarda tutilmoqda.
Ushbu Qonun fuqarolarning qulay atrof-muhitga va bu haqida ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqini ta’minlashga xizmat qiladi, ekologik ekspertiza xulosasini berish tartib-taomillarini samarali va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga soluvchi normalar amaliyotga kiritilishiga asos bo‘ladi.
Bundan tashqari, xorijiy investor va tadbirkorlar uchun ishonchli hamda shaffof ekologik baholash tizimi ta’minlanib, jozibador investisiya muhiti yaratiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.









Foto: Akmal Muhammadov, Haqberdi Asqarov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring