YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari – Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.
Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma – yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar – tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq taraddud ishlari yuksak darajada tashkil etilayotganini eʼtirof etishdi. Oʻz navbatida, yevropalik kuzatuvchilarga hududiy saylov komissiyasi zimmasidagi asosiy vazifalar, saylov komissiyalari aʼzolarining bilim va amaliy tajribasini oshirish, saylovchilarning elektron roʻyxatini shakllantirish hamda siyosiy partiyalar tomonidan saylovoldi tashviqotini olib borish uchun yaratilgan teng sharoitlar xususida maʼlumot berildi.

— Fargʻona viloyatidagi oʻrganishlar davomida hududiy saylov komissiyasi aʼzolarining ish faoliyati, ularga yaratilgan shart –sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdik,—deydi YEXHTning uzoq muddatli kuzatuvchisi Benedikt Uilyams.—Saylovga tayyorgarlik ishlari milliy hamda xalqaro tartib-tamoyillarga muvofiq tarzda olib borilmoqda. Hududiy saylov komissiyalari aʼzolarining siyosiy madaniyati yuksak darajada.
Shuningdek, yurtingiz tabiati, bozorlardagi moʻl-koʻlchilik ham bizga manzur boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring