Eh, tinib-tinchimas otaxonlar — fargʻonalik bir guruh nuroniylar velosipedda Samarqandga borib kelishdi
Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanida velosport juda ham rivojlangan boʻlib, bu borada tumanda oʻziga xos tajriba maktabi yaratilgan.
Ayni kunlarda Karim Hakimov tumanda velosport anʼanalarini izchil davom ettirish uchun bir guruh sport faxriylari bilan birgalikda ezgu tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda.
Shu yilning 30-mart – 6-aprel kunlari velomarafon uyushtirgan Qoʻshtepa tumanida yashovchi 30 nafarga yaqin nuroniy yoshdagi otaxonlar velosipedda mamlakatimiz boʻylab sayohatga chiqishdi. Ular Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridan oʻtib, tarixiy Samarqand shahrini ziyorat qilishdi.
Velomarafon ishtirokchilari orasida 79 yoshli Mamat Karimov, 78 yoshli Meliqoʻzi Naziraliyevlar ham bor. Faxriy sportchilar qatorida Muhammadyusuf Oxunov va Zokirali Latipov singari yangi avlod vakillari ham safarga chiqqani tumanda ushbu sport turi izchil davom etishidan dalolat beradi.
6-aprel kuni velomarafon ishtirokchilari Fargʻona shahridagi “Samo” sport majmuasida viloyat hokimligi va keng jamoatchilik vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.
— Qariyb yarim asrdan buyon velosport bilan shugʻullanaman, — deydi 73 yoshli Karimjon Hakimov. — Qoʻshtepada mazkur sport turi boʻyicha erishilgan natijalar juda ham quvonarlidir. Ishonamizki, kelajakda yurtimiz yoshlarida orasida xalqaro miqyosda ulkan natijalarga erishadigan velomarafonchilar yetishib chiqadi.
B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring