Egey dengizi qirgʻogʻidagi moʻjiza
Bodrum — bu Yevropa ziyolilari dam oladigan haqiqiy premium darajadagi kurort. Egey dengizi qirgʻogʻidagi ushbu hududni “Kichik Gretsiya” deb ham atashadi. Bandargoh goʻzalligi, shaffof dengiz suvi, ajoyib plyajlar, autentik shahar kvartallari, mazali taomlar va betakror kolorit.

Bodrumda hatto mavsum avjiga chiqqan vaqtda ham jazirama kuzatilmaydi. Havo Antaliyadagiga nisbatan ancha quruq va harorat ham yengil. Bu yerda doimo shamol esib turadi va shuning uchun kurort surfing ishqibozlari uchun ideal joy hisoblanadi.
Bodrum qadimiy Galikarnas shahrining oʻrnida joylashgan. Ushbu shaharning koʻchalari qadimiy taraqqiyot izlariga boy. Qiziqarli ekskursiyalardan keyin Bodrumni oʻrganishni boshlash mumkin. Bu gastrostalker va gurmanlar uchun “Eldorado”dir. Bu yerda autentik oilaviy kafe va restoranlar juda koʻp. Ularning barchasiga bir taʼtilning oʻzida tashrif buyurishning iloji yoʻq. Ammo sizda oʻzingiz uchun eng yaxshi oʻnta joyni roʻyxatini shakllantirish imkoni bor. Mashhur turk shoʻrvasi, kabob, kotlet (koʻfte) va afsonaviy turk shirinliklari. Bu yerda ularning hammasi juda mazali va did bilan tayyorlanadi.

Bundan tashqari, Bodrum shoping uchun ham qulay manzil. Bu yerda “brend” doʻkonlarga ega koʻchalar va yirik savdo markazlari mavjud. Lekin, qoʻl bilan ishlangan bezaklar, tabiiy teridan boʻlgan buyumlar va dizaynerlik toʻplamlariga ega rastalar ancha qiziqarliroqdir. Har bir xarid sizga keyinchalik Egey dengizi qirgʻogʻida oʻtkazilgan yoqimli kunlarni eslatib turishi shubhasiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring