Dzyudochilarimiz ilk bor jahon chempionatining aralash jamoaviy yoʻnalishida sovrindor boʻlishdi!

21:04 13 Iyun 2021 Sport
767 0

Budapesht shahrida dzyudo boʻyicha jahon chempionati oʻz yakuniga yetib bormoqda. Biroz avval terma jamoamiz aralash jamoaviy yoʻnalishda bronza medaliga sazovor boʻldi.Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.

Vakillarimiz musobaqani mezbonlarga qarshi boshlab, 4:2 hisobida gʻalabaga erishishdi. Chorak finalda Braziliya termasi 4:0 hisobida dogʻda qoldirildi. Fransuzlarga qarshi kechgan yarim finalda dzyudochilarimizdan omad yuz oʻgirgan boʻlsa, bronza medali uchun kechgan kurashda jamoamiz matonat koʻrsatdi. Janubiy Koreya termasiga qarshi kechgan bahs 4:1 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa terma jamoamiz ushbu jahon chempionatini yakkalik yoʻnalishida qoʻlga kiritilgan 1 ta kumush va aralash jamoa yoʻnalishida bronza medali bilan yakunladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?