Dzyudochi Shukurjon Aminova afrikalik sportchini magʻlub etdi

14:37 29 Iyul 2024 Sport
510 0

Foto: Olympic.uz

Fransiya poytaxtida davom etayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda. Bugungi dzyudo bahslarining ayollar oʻrtasidagi -57 kggacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida dastlabki bosqich bahslari boʻlib oʻtmoqda.

Unda ishtirok etayotgan dzyudochi Shukurjon Aminova Olimpiada sovrinlari uchun dastlabki qadamini tashladi. Kot dʼIvuar vakili Dabonnega qarshi uchrashuvda oʻzbekiston sportchisi gʻalaba qozondi va keyingi bosqichga yoʻl oldi.

22 yoshli Aminova Shukurjon Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida tugʻilgan. Aminova Gran-pri musobaqalarida 1 ta oltin, turli yosh toifalaridagi Osiyo chempionatlarida 2 ta oltin va 1 ta bronza, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarida 1 ta kumush medalga sazovor boʻlgan. 2021-yilgi jahon chempionatida aralash jamoaviy dasturda bronza medali bilan taqdirlangan.

Avvalroq, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Parijda oʻtayotgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida dzyudo boʻyicha bellashuvlarning 52 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, olimpiya terma jamoamizga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер