Dzyudochi Sharofiddin Boltaboyevning raqibi tatamiga chiqmadi. Endi nima boʻladi?
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda. Olimpiadaning beshinchi kuni omadli kelmoqda.
Xususan, dzyudo bahslarida 2-bosqichdan oʻz yurishini boshlashi kerak boʻlgan hamyurtimiz toʻgʻridan-toʻgʻri keyingi bosqichga oʻtadigan boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, Boltaboyevning -81 kg vazn toifasidagi iroqlik raqibi Sajjad Sehinning musobaqada ishtirok etmasligi maʼlum boʻlgan va diskvalifikatsiya qilindi. Shu sababli Boltaboyev biryoʻla uchinchi davradan ishtirokini boshlaydi.
Shu tariqa, Sharofiddin Boltaboyevga 16:00dan soʻng Zelim Tchkayev (Ozarbayjon) va Omar Jalo (Fransiya) bahsi gʻolibi raqiblik qiladi.
Avvalroq, oʻzbekistonlik eshkak eshuvchi olimpiada yarim finaliga yoʻl olgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring