Dzyudochi Sharofiddin Boltaboyev va bokschi Sitora Turdibekova keyingi bosqichda
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda. Olimpiadaning beshinchi kuni omadli davom etmoqda.
Xususan, 2-bosqichda iroqlik raqibi Sajjad Sehin diskvalifikatsiya hisobiga yutgan Boltaboyev chorak final yoʻllanmasi uchun fransiyalik Alfa Umar Jaloga qarshi tatamiga chiqdi. 81 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz ikkita vaza-ari hisobiga gʻalaba qozondi va chorak finalda Janubiy Koreya vakili Li bilan kurashadigan boʻldi.
57 kg vaznli bokschi qizimiz Sitora Turdibekova ilk jangini Kongo vakilasiga qarshi oʻtkazdi va qiyin kechgan bahsda 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Endi u 1/8 finalda Xitoy Taypeyi bokschisiga qarshi jang qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring