Dzyudochi Kumush Xoʻjayeva Paralimpiada kumush medalni qoʻlga kiritdi

Foto: Videodan kadr
Parijda boʻlib oʻtayotgan Paralimpiadada Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzosi Kumush Xoʻjayeva paradzyudo boʻyicha bahslarni ikkinchi oʻrin bilan yakunladi.
Kumush Xoʻjayeva ayollar oʻrtasida J2 klassida (koʻzi qisman koʻradigan sportchilar bellashadi) -57 kg vazn toifasida yarimfinalda ispaniyalik Marta Arche Poynoni magʻlub etdi (1:0) va final bahsi uchun yoʻllanma oldi.
Finalda oʻzbekistonlik sportchi yaponiyalik Xirose Junkoga qarshi tatamiga chiqdi. Ammo hal qiluvchi bellashuvda Xoʻjayeva 10:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, erkaklar oʻrtasida J2 klassida -73 kg vazn toifasida bahs olib borgan Uchqun Quronboyev yarimfinalda gruziyalik raqibi Jiorji Kaldaniga 10:0 hisobida yutqazib qoʻydi. U bronza medali uchun bellashuvda janubiya koreyalik Kim Dongunga qarshi tatamiga chiqdi va gʻalabaga erishib (1:0), uchinchi oʻrinni egalladi.

Maʼlumot uchun, Quronboyev Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida -66 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgandi. Bugungi yutuq uning oʻyinlardagi ikkinchi medali boʻldi.
Bu orqali Oʻzbekistonning turnirdagi medallar jamlanmasi 22 taga yetdi: 9 ta oltin, 7 ta kumush, 6 ta bronza. Delegatsiya onlayn medallar jadvalida 12-oʻrinda bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring